Mitan okrug deputati B. Abrali mahalla yettiligi bilan muloqot qildi
Mitan okrugi deputati B. Abrali Mitan MFYdagi “mahalla yettiligi” faollari bilan
uchrashuv o‘tkazib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar
yuzasidan ochiq muloqot qildi. Suhbat davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy
holat, aholi murojaatlarining hal etilishi, shuningdek, jamoatchilik bilan
hamkorlikda erishilayotgan yutuqlar muhokama etildi.
Mahalla yettiligi vakillari tomonidan hududda qilingan ishlar, ayniqsa, aholi
bandligini ta’minlash, yashash sharoitlarini yaxshilash, obodonlashtirish
tadbirlari hamda profilaktik ishlar bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat haqida
ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida deputat B. Abrali aholining kundalik turmushiga daxldor bo‘lgan asosiy
muammolarni o‘rganib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha mas’ul
tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.