Yangiliklar

Mahalliy kengash deputati mahallada: deputat nazorati

 🔹O‘rganish davomida MMT binosidagi issiqlik tizimlari, deraza va eshiklar holati, xonalar harorati va boshqa sharoitlar batafsil ko‘zdan kechirildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. 

🔹Deputat Zamiraxon Yo‘ldashova ta’kidlaganidek, kuz-qish mavsumining talablariga o‘z vaqtida rioya qilish — bu, avvalo, bolajonlar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash va hududda barqaror ijtimoiy sharoitni saqlash demakdir. 

🔹Kuz-qish mavsumi davomida ta’lim-tarbiya maskanidagi sharoitlarning barqarorligini ta’minlash ishlari deputat tomonidan doimiy nazoratda bo‘lishi belgilandi. 

                                                                                                         Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1