Xalq deputatlari Qizriq tuman kengashi deputati Ergashev Adham Panjiyevich tumanning Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi xodimlarining ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Xodimlar faoliyatini o‘rganish jarayonida yo‘l qo‘yib kelingan mavjud xató va kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla aholisining bandligini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya qilinishi bilan bog‘liq masalalarga asosiy e’tiborni qaratish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktab o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlariga doimiy ishtirok etishlarini ta’minlash, Obod xonadon, Obod ko‘cha va Obod mahalla tamoyillari asosida tozalik va obodonlashtirish ishlarini muntazam amalga oshirib borish yuzasidan zarur uslubiy ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Bundan tashqari mahallada joylashgan 23-sonli umumta’lim maktabi rahbariyati bilan mahalla yettiligining hamkorligi xususida suhbat olib bordi.