Korrupsiya mamlakat xavfsizligiga jiddiy tahdid bo‘lib, davlat hokimiyati asoslariga tajovuz qiladi, davlat va jamiyat boshqaruv organlarining samaradorligini pasaytiradi va ularning obro‘siga putur yetkazadi. Shu boisdan ham ushbu illatga qarshi kurashish va uning oldini olish bugungi kundagi muhim masala hisoblanadi.
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Doimiy komissiya tomonidan o‘tkazilgan tadbir ushbu masalaga bag‘ishlandi.
Tadbirga taklif etilgan idora va tashkilotlar rahbarlari, deputatlar, yoshlar yetakchilari, jamoatchilik vakillari dastlab doimiy komissiya a’zolarining faoliyati bilan tanishdilar.