Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq to'rtinchi sessiyasi o‘tkazildi. Kun tartibida deputatlar 18 ta masalasini ko‘rib chiqdilar.
Xususan, sektor rahbarlarining biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari, Yoshlar agentligi tuman bo'limi faoliyati kabi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, tegishli muhokamalar o‘tkazildi.
Deputatlar kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazib, mas’ullardan tegishli javoblarni oldi hamda har bir masala yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qildi.