Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-MALISHOYAK SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR TALABI ASOSIDA YANGI YO‘L OCHILMOQDA
янв.21
21-O‘G‘LON SAYLOV OKRUGIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Masharipov tomonidan sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirildi.

📊 So‘rovda quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma'lumot va hisobot taqdim etish so‘ralgan:

✅ 2026-yil birinchi yarim yillikda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar;

🏆 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi musobaqalar natijalari va ishtirokchilar ko‘rsatkichlari;

🏟 Sport inshootlarining texnik holati va ulardan foydalanish samaradorligi;

💰 Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va natijadorlik ko‘rsatkichlari;

📈 Sohadagi muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalar.