🗓 HAFTALIK DAYJEST: DEPUTAT NAZORATI VA AMALIY NATIJALAR
🟡Uzun tumanida "Xalq bilan muloqot" shunchaki shior emas, kundalik ish tartibiga aylangan.
🔴10-13-mart kunlari davomida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va ijtimoiy ob’ektlar holatini tahlil qilish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirdi.
✅ ASOSIY NATIJALAR VA O‘RGANISHLAR:
⚡️ "Oqostona"da aholi tashabbusi va deputat ko‘magi: Mahalladagi eskirgan elektr tayanchlarini yangilash maqsadida saxovatpesha fuqarolar tomonidan 35 dona beton ustun xarid qilindi. Ushbu ustunlarni maxsus texnika yordamida o‘rnatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
🚰 Suv — hayot manbai: Ko‘p yillik muammolardan biri hal etildi — "Oqostona" mahallasi aholisining ichimlik suvi ta’minoti to‘liq tiklandi.
🩺 Salomatlik yo‘lida: 77-sonli oilaviy poliklinikada aholiga dori vositalarining yetkazib berilishi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratiga olindi.
🏘 "Yettilik" faoliyati tahlili: "Ittifoq", "Navro‘z" va "Yangi kuch" MFYlarida mahalla yettiligining kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasidagi ishlari tanqidiy ko‘rib chiqildi.
🎤 SAYLOVCHILAR BILAN YUZMA-YUZ
"Kambag‘allikni qisqartirish — qog‘ozda emas, amalda bo‘lishi shart!"
🟡Deputat M.Mamurjonova va boshqa xalq vakillari har bir xonadonning dardu tashvishi bilan qiziqmoqda. Maqsad — muammoni eshitish emas, uni joyida yechish!
🏗 BUNYODKORLIK DAVOM ETADI
Uzun tumanidagi maktablar, bog‘chalar va infratuzilma ob’ektlari deputat nazoratida. Biz uchun sifatli ta’lim va zamonaviy infratuzilma — ustuvor vazifa.