Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman deputati Xislat Shoboyev tomonidan tumanda joylashgan 44-sonli va 15-sonli umumta’lim maktablariga maktablar faoliyati bilan tanishish doirasida borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi raisi K. Nurov, Peshku tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z. Nurulloyev hamda tuman deputati R. Sharipovlar tomonidan tumandagi Qoraqalpoq mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston “Adolat” SDP Peshku tuman Kengashi raisi M.Asadova hamda tuman Kengashi deputati M.To‘rayevlar tomonidan tumandagi 31-sonli umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi. Ta’lim-tarbiya, profilaktika, sanitariya holati va sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
TA’LIM VA INFRATUZILMA MASALALARI DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Deputatlar xalq orasida
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputatlar xalq orasida
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputatlar o‘z saylovchilari bilan uchrashuvda
DEPUTAT FAOLIYATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamatovich tashabbusi hamda tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro kelishilgan holda Oltinsoy tumanidagi “Jiyanbobo” mahallasi Mevazor ko‘chasining 850 metr qismida toshlash (shag‘allash) ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus mahalla aholisining kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlarini amalda hal etishga qaratilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududda transport va piyodalar harakati sezilarli darajada yaxshilandi.

Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha deputat tomonidan joylarda aholi bilan olib borilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan taklif va ehtiyojlar asosida amalga oshirildi. 

Kelgusida ham hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bunday amaliy ishlar izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 3