Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Adolat” SDP Peshku tuman Kengashi raisi M. Asadova, So‘sana saylov okrugi deputati J. Abdurashidov, бир гуруҳ депутатлар ҳамда So‘sana MFY yettiligi билан ҳамкорликда маҳалла ҳудудидаги хонадонлар ва шу ҳудудда жойлашган 36-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
янв.21
Tuman deputati Xislat Shoboyev tomonidan tumanda joylashgan 44-sonli va 15-sonli umumta’lim maktablariga maktablar faoliyati bilan tanishish doirasida borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi raisi K. Nurov, Peshku tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z. Nurulloyev hamda tuman deputati R. Sharipovlar tomonidan tumandagi Qoraqalpoq mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston “Adolat” SDP Peshku tuman Kengashi raisi M.Asadova hamda tuman Kengashi deputati M.To‘rayevlar tomonidan tumandagi 31-sonli umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi. Ta’lim-tarbiya, profilaktika, sanitariya holati va sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
TA’LIM VA INFRATUZILMA MASALALARI DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Deputatlar xalq orasida
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputatlar xalq orasida
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputatning bir kuni
NAZORAT

Bugun Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev shahrimizning bir qator mahallalari hududlarida, xususan, "Yangiobod", "Lochin", "Janubiy", "Farovon" , "Kimyogar" mahallalarida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining borishi, mazkur tadbirni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan shtablar faoliyati, shuningdek mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini joyida o‘rgandi.

Tashrif davomida ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ish joylarining jihozlanganligi, issiqlik tizimi va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik holati bilan yaqindan tanishdi.

Mahallalarda aholi bilan olib borilayotgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari, fuqarolar faolligini oshirish, ro‘yxatga olish jarayonlarining belgilangan tartib va talablar asosida olib borilayotgani, har bir yo‘nalish bo‘yicha yuklatilgan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi holatlari birma-bir ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 9