Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun tuman hokimi Sh. Xudayberdiyev tegishli soha mas’ullari bilan tumandagi hududlarda belgilangan marshrut asosida joylarga chiqib, o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputati B. Shakarov Kultusin mahallasida xatlov masalasini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O'.Omonov “Oqtosh” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida olib borilayotgan ichki ta’mirlash ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
2026-yil 23-fevral kuni “Payariq hayoti” gazetasining 5-(4917)-soni chop etildi. Unda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi faoliyatiga oid bir qator muhim materiallar e’lon qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi.A. Tavboyev
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasining 2026-yil 16-20-fevral kunlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Deputat A. Maxxammatov Qirqovul mahallasida
янв.21
Sayyor qabul: har bir murojaat nazoratda
янв.21
#Deputat_faoliyati
8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN TABRIKLAYMIZ!

Assalomu alaykum, muhtarama ayollar, hurmatli opa-singillar!

Siz, azizlarni, bahor bayrami – "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan chin ko‘ngildan muborakbod etamiz. Sizlarga yuksak hurmat va ehtiromimizni bildiramiz.

Hayotimizning ko‘rki va fayzi, jamiyat va oilaning ustuni bo‘lgan xotin-qizlarimizni hurmat qilish azaldan yuksak qadriyat bo‘lib kelgan. Zero sizlar bilan hayotimiz mazmunli, xonadonlarimiz esa nurafshondir.

Sizlar har bir sohada go‘zal ibrat va namuna ko‘rsatib kelasizlar.

Siz aziz opa-singillarimiz o‘z aql-zakovatingiz, tuganmas mehringiz va fidoyilik bilan doimo barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdasizlar. Sizning bilim, tajriba va tashabbuskorligingizga biz har bir ishimizda tayanamiz. Munis opa-singillarimiz Sizning mehnat faoliyatingiz doimo unumli va barakali bo‘lsin.

Yana bir bor go‘zallik va nafosat bayrami bilan samimiy qutlaymiz. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va farzandlaringizning kamolini tilab qolamiz. Bahor kayfiyati siz, azizlarga, doimo hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom ila, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash kotibiyati!

Slide 1 of 1