#Deputat_faoliyati
“Mahalla taraqqiyoti – deputat e’tiborida”
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O'.Omonov “Oqtosh” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida olib borilayotgan ichki ta’mirlash ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida binoda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.
Ta’kidlanganidek, mahalla binosini zamonaviy va qulay sharoitga keltirish aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytiradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)