Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolarning murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 28-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Ko‘lto‘sin mahallasida yangi poliklinika qurilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida: — mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi;
— aholi muammolarini aniqlash va hal etish holati;
— “mahalla yettiligi” faoliyatining muvofiqlashtirilishi;
— bandlik va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar;
— yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi;
— murojaatlar bilan ishlash hamda ijro intizomi masalalari tahlil qilindi.
📊 ASOSIY MAQSAD:
Mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda sessiyada muhokama qilinadigan masalani puxta tayyorlash.
✅ O‘rganish yakunlari asosida tegishli tavsiya va takliflar shakllantirilib, sessiya muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda