Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan Ko‘paki mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.