Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 28-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Ko‘lto‘sin mahallasida yangi poliklinika qurilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
BUGUNGI_DEPUTAT

BUGUNGI_DEPUTAT

Tashabbus — mas’uliyat, natija — deputatlik faoliyatining mezoni!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Dusmurodov Nodir Nuriddinovich tomonidan 2026-yil boshidan bugungi kunga qadar hudud aholisi manfaatlarini himoya qilish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi.

📌 Deputat faoliyatida, xususan:

🔹 fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va muammolarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish;

🔹 mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazish, muammolarni bevosita joyida o‘rganish;

🔹 kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromadlarini oshirish masalalariga e’tibor qaratish;

🔹 mahallalarda mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlash va mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalarni qo‘yish;

🔹 deputatlik nazorati doirasida tegishli tashkilotlar faoliyatini o‘rganish;

🔹 fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni “Deputat daftari” orqali tizimli nazoratga olish;

🔹 qonunlar, davlat dasturlari va hududiy dasturlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borish kabi tashabbuslar amalga oshirildi.