Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xo‘jaobod mahallasidagi G‘ofur G‘ulom ko‘chasida amalga oshirilgan yo‘l qurilishi ishlari holati o‘rganildi.