Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
янв.21
O‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 18-O‘rtasaydov saylov okrugi deputati L.Djamalova “Taraqqiyot” MFY Choporoshlibola qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.O xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan 50-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyevning belgilangan marshrut asosidagi o‘rganishlari Toshhovuz mahallasida davom etmoqda.
Deputatining ijtimoiy yo‘nalishdagi amaliy tashabbuslari

Deputatining ijtimoiy yo‘nalishdagi amaliy tashabbuslari

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N.Ibrahimova hududdagi mavjud ijtimoiy muhitni o‘rganish, aholi muammolarini yaqindan tinglash va ehtiyojmand qatlam vakillariga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Dovud mahallasida bo‘ldi.
O‘rganishlar davomida davlat tomonidan ijtimoiy ta’minotga olingan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan Shahnoza Darveshova xonadonida bo‘lib, oilaning turmush sharoitlari va mavjud ehtiyojlari yaqindan o‘rganildi.
Suhbat chog‘ida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy g‘amxo‘rlikning mantiqiy davomi sifatida, homiylar va saxovatpesha tadbirkorlar ko‘magida xonadonga mikroto‘lqinli pech sovg‘a qilindi. Bu kabi amaliy sa’y-harakatlar hududdagi aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash hamda jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.