Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich Payariq tumaniga tashrifi davomida Choshtepa mahallasidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni hamda moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman yo'llardan foydalanish UKga Choshtepa va Yangiobod qishloqlarini kesib o‘tuvchi Al-Buxoriy shoh ko‘chasining 550 metr qismida joylashgan piyodalar yo‘lagiga svetofor o‘rnatish masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan M.Ulug'bek mahallasida yashovchi M.Imomovning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
Mahalla yettiligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Madaniyat MFY mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy ko‘mak va bandlik masalalarini hal etishda qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla hududida korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarning oldini olish, xizmat vazifalarini suiiste’mol qilmaslik, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har qanday korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

Mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.