Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
янв.21
O‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan 50-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 18-O‘rtasaydov saylov okrugi deputati L.Djamalova “Taraqqiyot” MFY Choporoshlibola qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.O xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti bilan tanishdi.
янв.21
Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyevning belgilangan marshrut asosidagi o‘rganishlari Toshhovuz mahallasida davom etmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda

 O‘rganish jarayonlarida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi raisi Sattarxo‘ja Akbarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov ishtirok etmoqda. O‘rganish
davomida mahalladagi ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
 

Mahalla mas’ullarining fuqarolar bilan individual ishlash samaradorligi, muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari ham tahlil qilinmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli choralarni belgilash hamda aholi
bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 2