🚦 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi Kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi tomonidan Shovot tumani Bunyodkor mahallasi hududidagi ijtimoiy soha obyektlari oldida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ijtimoiy soha obyektlari oldida yo‘l belgilari va sun’iy yo‘l notekisliklari o‘rnatilganligi, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar holatiga e’tibor qaratildi.
🛡 Aniqlangan holatlar yuzasidan yo‘l harakati xavfsizligini yanada ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📍 Shovot tumani, Bunyodkor mahallasi