#okrugda_organish
Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan maydonlardan samarali foydalanish, foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketish sabablarini aniqlash va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida tuman iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanish hamda har bir qarich yerdan yuqori va samarali hosil olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|