#Deputat_sorovi
DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALASI KO‘TARILDI
👍Maniobod, Sorisuv va Oqqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inlaridan kelib tushgan murojaatlar deputat tomonidan o‘rganildi.
👍Mazkur murojaatlarda mahallalarni birlashtiruvchi avtomobil yo‘lida svetofor mavjud emasligi, bu esa yo‘l harakati xavfsizligi, ayniqsa, piyodalar uchun xavf tug‘dirayotgani qayd etilgan.
👍Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Tavboyev Azamat Qo‘shboqovich tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
👍Deputat so‘rovida hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, zarur joylarga svetofor o‘rnatish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|