35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan G‘allakor mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Uchrashuv davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqarolarga qulayliklar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda viloyat Kengashi deputati S.Norboyeva tomonidan 245-sonli qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasidagi ko‘chalarda olib borilayotgan asfalt qoplama ishlarining borishi o‘rganildi.
янв.21
Maniobod, Sorisuv va Oqqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inlaridan kelib tushgan murojaatlar deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari L. Djamalova hamda tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi tomonidan Chelak shahri avtomobil yo‘lini ta’mirlashning 2-bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov tomonidan tuman soliq inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 776-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🏃‍♂️ DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI.
🏃‍♂️ DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI.

📍 Bugungi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni (2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-son) ijrosi yuzasidan biriktirilgan deputat O.Jumanazarov tomonidan Muqimiy mahallasida joylashgan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

⚽️ O‘rganishning asosiy yo‘nalishi — maktab hududida qurilayotgan mini futbol maydonchasining holati, uning foydalanishga tayyorlik darajasi, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda sport inshootidan samarali foydalanish imkoniyatlarini baholashdan iborat bo‘ldi.

⚠️ ANIQLANGAN MUAMMO
O‘rganish jarayonida mini futbol maydonchasidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha infratuzilma yetarli darajada ko‘zda tutilmagani, xususan, sport maydonchasidan foydalanuvchilar uchun yuvinish va kiyim almashtirish xonalari mavjud emasligi aniqlandi.

🏫 Mazkur holat sport maydonchasidan to‘liq va qulay foydalanishga, ayniqsa o‘quv mashg‘ulotlari hamda sport tadbirlarini muntazam tashkil etishga ma’lum darajada noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Shu sababli mini futbol maydonchasi bilan bir qatorda sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun zarur bo‘lgan sanitariya-gigiyena sharoitlari, kiyim almashtirish va yuvinish xonalarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zarurligi qayd etildi.

💡 MAKTAB RAHBARIYATI TOMONIDAN TAKLIF
O‘rganish davomida maktab direktori tomonidan o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, turli yoshdagi o‘quvchilarni jismoniy faollikka keng jalb etish maqsadida maktab hududida “Workout” maydonchasini tashkil etish taklifi bildirildi.
🏋️‍♂️ Mazkur taklifni amalga oshirish orqali o‘quvchilarning nafaqat futbol, balki boshqa jismoniy mashqlar bilan ham muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish, sportning ommaviyligini oshirish hamda maktab hududidagi mavjud sport infratuzilmasidan samarali foydalanish mumkinligi ta’kidlandi.
📌 TAKLIF VA TAVSIYALAR
O‘rganish yakunlari bo‘yicha:
🔹 sport maydonchasidan foydalanuvchilar uchun yuvinish va kiyim almashtirish xonalarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;
🔹 maktab direktori tomonidan bildirilgan “Workout” maydonchasi tashkil etish taklifini tegishli tartibda o‘rganish;
🔹 sport maydonchasidan foydalanish bo‘yicha xavfsizlik va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

📣 Deputatlik nazorati — sport sohasidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘rganish va ularni amaliy hal etishga ko‘maklashishning muhim vositasidir.
Slide 1 of 4