#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan Nakurt mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar hamda aholini qiynayotgan muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–728) mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Ta'kidlanganidek, mazkur Qonun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiy mulk sifatida rasmiylashtirishning huquqiy asoslarini belgilab, mulkdorlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash hamda tadbirkorlik va investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|