GULAKANDOZ MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. To‘rayev tomonidan Gulakandoz mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.
🏫 Murojaat davomida fuqarolar 15-son maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga olib boruvchi yo‘lga yangi asfalt qoplamasi yotqizish hamda piyodalar xavfsiz harakatlanishi uchun zamonaviy trotuar barpo etish zarurligini ta’kidladilar.
🔎 Deputat tomonidan murojaat joyida o‘rganilib, mazkur masalaning dolzarbligi va aholining kundalik hayoti uchun muhimligi inobatga olindi.
📨 O‘rganish natijalariga ko‘ra, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘lagini qurish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy choralar ko‘rish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.