#deputat_daftari
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaati o‘rganildi.
Murojaatda mahalla hududidan o‘tuvchi katta yo‘l bo‘yidagi maktab oldida transport vositalari yuqori tezlikda harakatlanayotgani sababli o‘quvchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sun’iy tezlikni cheklovchi to‘siq (sun’iy notekislik) o‘rnatish so‘ralgan.
Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi hamda masalani amaldagi tartibda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|