35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova hamda tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida amalga oshirilayotgan “Zarbdor tajribasi” loyihalari ijrosi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamalova tomonidan Kattasaydov mahallasida fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan Nakurt mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar hamda aholini qiynayotgan muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov tomonidan 11-Emalach saylov okrugidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Nurmatova hamda Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan hududdagi xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganilib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev, tuman Kengashi deputati N.Parmanova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan Bahor mahallasida ko‘cha boshi xotin-qizlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
#huquqiy_axborot_soati 🗣Deputat faoliyatining huquqiy asoslari

Deputatlarning huquqiy maqomi, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek deputatlik faoliyatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni (2004-yil 2-dekabr, №706-II) bilan belgilangan.

💬Mazkur Qonun deputatlarning xalq ishonchini oqlashi, saylovchilar manfaatlarini himoya qilishi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini samarali amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.

💬Qonunga muvofiq, deputat quyidagi asosiy vakolatlarga ega:

🟢saylov okrugidagi fuqarolarning manfaatlarini ifodalaydi hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiladi;

🟢saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazadi, ularning taklif, murojaat va muammolarini o‘rganadi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan amaliy ishlar olib boradi;

🟢jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ularning qonuniy yechim topishini nazorat qiladi hamda murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishli idoralarga so‘rov va tavsiyalar kiritadi;

🟢davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga deputat so‘rovi yuborish orqali dolzarb masalalar yuzasidan rasmiy axborot talab qilish huquqiga ega;

🟢mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi;

🟢xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjetni tasdiqlash va uning ijrosi, investitsiya dasturlari, infratuzilmani rivojlantirish, kommunal xizmatlar, ekologiya, bandlik, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoya va boshqa muhim masalalarni muhokama qilish hamda qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etadi;

🟢Kengashning doimiy komissiyalari faoliyatida qatnashadi, nazorat tadbirlarini tashkil etadi va qabul qilingan qarorlarning ijrosini monitoring qilib boradi;

🟢o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida muntazam hisobot beradi, deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga xizmat qiladi.

📌Deputatning asosiy vazifasi – xalq bilan davlat o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish, hududni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish hamda qabul qilingan qarorlarning ijrosi ustidan samarali nazoratni ta'minlashdan iborat.

🫥Bugungi kunda deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq muloqotlar, sayyor qabullar, deputatlik so‘rovlari, doimiy komissiyalar faoliyati hamda nazorat tadbirlari fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, mahalliy Kengashlar nufuzini oshirish va hududlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.