Mahalliy byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi birinchi o‘rinbosari U. Ishmatov tomonidan bir qator muhim masalalar yuzasidan hisobot berildi.
Xususan,Termiz tumani mahalliy budjetining 2026-yil II chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish;
🫥 2026-yil II chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha hisobotni tasdiqlash;
🫥 Termiz tumani mahalliy budjetining 2026-yil II chorak ijrosi;
🫥 "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlarning taklif va mulohazalari tinglanib, tegishli qaror loyihalari ma'qullanib, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish tavsiya etildi.