35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan oilaviy poliklinikada tibbiy xizmatlar va aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va tizimdagi mavjud holat o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov tomonidan Go‘zal mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Maniobod mahallasida mahalla yetakchisi bilan birgalikda aholi bandligini ta’minlash, tomorqa va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda o‘rnatilgan quyosh panellari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi.
янв.21
Uchrashuv davomida mahallada aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov Ilg‘or mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalar yuzasidan suhbatlashdi.
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 27-31-IYUL KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

#Haftalik_ish_reja

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 27-31-IYUL KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

Hisobot, (axborot)lar va muhokamalar

Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Z. Turdiyevning hisoboti to‘g‘risidagi masalani sessiya kun tartibida ko‘rib chiqish
(Mas’ul: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar bo‘yicha doimiy komissiya)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarorining Payariq tumanida ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masalani sessiya kun tartibida ko‘rib chiqish
(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

2026-yilning I yarim yilligida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi holati to‘g‘risida tuman prokurori A.Valiyevning axborotini sessiya kun tartibida ko‘rib chiqish
(Mas’ul: korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taminlash va huquqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

Tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqiy targ‘ibotning holati bo‘yicha 2025-yilning II yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Abduraxmanovning axboroti to‘g‘risidagi masalani sessiya kun tartibida ko‘rib chiqish
(Mas’ul: Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1