35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan oilaviy poliklinikada tibbiy xizmatlar va aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va tizimdagi mavjud holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov tomonidan Go‘zal mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Maniobod mahallasida mahalla yetakchisi bilan birgalikda aholi bandligini ta’minlash, tomorqa va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda o‘rnatilgan quyosh panellari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Uchrashuv davomida mahallada aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov Ilg‘or mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalar yuzasidan suhbatlashdi.
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Kengash kotibiyati mudirining kunlik ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi Erkinjon Jo‘rayev, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 25-Qaldirg‘och saylov okrugidan saylangan deputati Pardayev Alisher Ochilovich hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida Bandixon tumanining "Quduqsoy" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish hamda bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan loyiha talablari asosida amalga oshirilayotganini joyiga chiqib tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

Nazorat tadbiri davomida Quduqsoy mahallasining Kanal usti ko‘chasida 3,5 kilometr masofada amalga oshirilgan asfalt qoplamasi yotqizish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan yo‘lning texnik holati, asfalt qoplamasining sifati, bajarilgan ishlarning belgilangan me’yor va standartlarga muvofiqligi hamda qurilish jarayonida qo‘llanilgan texnologiyalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan yo‘l qurilishi jarayonining har bir bosqichi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillarining axborotlari tinglanib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz transport infratuzilmasini yaratish, yo‘llarning uzoq muddat xizmat qilishi hamda bunyodkorlik ishlari sifatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, deputatlik nazorati davlat dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan tizimli nazoratni davom ettirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholining manfaatlarini ta’minlash deputatlarning ustuvor vazifalaridan biri ekanligi qayd etildi.

Yakunda mas’ullarga yo‘l qurilishining sifati va mustahkamligini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarida belgilangan me’yor va talablarning to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholi farovonligini ta’minlash va infratuzilmani yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim amaliy mexanizmlardan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2