Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi B. Ochilov tomonidan Shombuloq MFYda aholi murojaatlari yuzasidan joyida uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, infratuzilma holati, yo‘l, elektr, ichimlik suvi va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🔍 Deputat murojaatlarni bevosita joyiga chiqib o‘rganib, fuqarolar bilan ochiq muloqot olib bordi hamda har bir masala bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
📝 Bildirilgan murojaatlar “Deputat daftari”ga qayd etilib, ularning ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyida qabul qilish, muammolarni tizimli hal etish va aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish ishlari izchil davom ettirilmoqda.