Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi B. Ochilov tomonidan Shombuloq MFYda “Tashabbusli budjet” (Open Budget) loyihasi orqali g‘olib bo‘lgan yo‘l qurilishi ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🚧 O‘rganish davomida yo‘l qurilishining borishi, belgilangan loyiha va texnik talablar asosida bajarilishi, ishlarning sifati hamda muddatlariga rioya etilishi yuzasidan mas’ul tashkilot vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi.
🤝 Deputat mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashib, loyiha natijasida hudud aholisi uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda mavjud taklif va mulohazalarni tingladi.
📌 “Open Budget” orqali amalga oshirilayotgan mazkur loyiha mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash, aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitini yaratish hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.