#24_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva tomonidan Navroʻz mahallasi fuqarosi Rabbonov Ostonning elektr tarmoqlari bilan bogʻliq murojaati joyiga chiqib oʻrganildi.
Oʻrganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holat ko‘zdan kechirilib, mavjud muammo yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi. Masalani amaldagi tartibda ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Deputat tomonidan murojaat nazoratga olinib, uning yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi qayd etildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|