35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov hududidagi Oqtosh mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Payariq tumanida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman ishchi guruhining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli qaroriga muvofiq Axmad Yassaviy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining “Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirildi.
янв.21
2026-yil bugungi kun holatiga ko‘ra, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga jami 72 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova hamda tuman hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan obodonlashtirish xizmatlarini tashkil etish masalasi joyida o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan hududdagi poliklinikada faoliyat holati joyiga chiqib o‘rganildi.
MAHALLADA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Xurramov Laziz hamrohligida mahallada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholidan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilish jarayoni, ularning ijrosi, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda murojaatlar bilan ishlash tizimining samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglandi hamda tuman hokimligi mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda ularni hal etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijobiy yechimini ta'minlashdan iborat.

Slide 1 of 2