#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
#okrugda_organish
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Boshcho‘rosh mahallasi raisi bilan birgalikda Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining daromad va xarajatlar ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, amalga oshirilgan ishlar hamda mablag‘lardan foydalanish holati tahlil qilindi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mablag‘lardan oqilona va shaffof foydalanishni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|