Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida 28-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv xonalari va moddiy-texnik baza ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Boshcho‘rosh mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Boshcho‘rosh mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dexkonova tomonidan Bunyodkor mahallasida uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Boshcho‘rosh mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan mahalla faollari ishtirokida oilaviy nizolarning oldini olish va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, amalga oshirilgan ishlar hamda mablag‘lardan foydalanish holati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan Madaniyat mahallasida elektr tarmog‘iga oid murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Xolmaxammatova tomonidan 10-son umumta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalar tahlil qilindi

Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalar tahlil qilindi

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan Kengash huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari, Kengash kotibiyati mudiri M.Turopova hamda bosh mutaxassisi N.Abraxmatovlar ishtirokida atroflicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔹 O‘rganishlar davomida kun tartibiga taklif etilayotgan har bir masalaning huquqiy asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, amaliy natijalari hamda kutilgan samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, sohalar kesimida mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan axborot va tahliliy materiallar ko‘rib chiqilib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹 Ekspert guruhi muhokamalari yakunlariga ko‘ra, sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tayyor ekani qayd etildi. Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qaror loyihalari yanada takomillashtirilib, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.