#162_Qonun
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev ishtirokida fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrir, 2004-yil 26-avgust, №662-II) talablari, fermer xo‘jaliklarining huquq va majburiyatlari, yer maydonlaridan oqilona foydalanish, qayta ekinlarni o‘z vaqtida joylashtirish hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida samaradorlikni oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish yuzasidan mas'ullarning axborotlari tinglanib, tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|