#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Payariq tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida aholiga davlat xizmatlarini tezkor va sifatli ko‘rsatish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|