Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A. Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov hamda Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi J.To‘ynazarov tomonidan Birlashuv mahallasida fuqarodan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Payariq tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan Mustaqillik mahallasida mahalla inspektori faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan tumani tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva tomonidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida Navro‘z mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 6-Farovon saylov okrugi hududidagi Alisher Navoiy mahallasida joylashgan ko'p qavatli uylar oldidagi bolalar o‘yingohi holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6- Farovon okrug Go'zal mahallasida tuman Pensiya jamg‘armasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Payariq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan 6- Farovon okrug Mustaqillik mahallasida hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi

 Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A. Nabiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Yursunov hamda bosh mutaxassis A. Turgʻunovlar ishtirokida 23-Azimobod saylov okrugi Qiziltepa MFY Obod diyor
koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Mazkur koʻchada 100 dan ortiq xonadon mavjud boʻlib, uchrashuv davomida fuqarolarning turmush sharoiti va hududdagi infratuzilma holati oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida aholi elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan barqaror taʼminlanayotgani qayd etildi. Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Hududni yanada obodonlashtirish, ichki yoʻllarni saqlash, ko‘chalarni yanada ko‘rkamlashtirish hamda mahalla infratuzilmasini
rivojlantirishga oid fikrlar bildirildi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar umumlashtirilib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

   

Slide 1 of 3