#162_Qonun
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 18-O‘rtasaydov saylov okrugi deputati L.Djamalova 78-umumta’lim maktabida bo‘lib, 2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlarining borishi bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ota-onalar tomonidan onlayn ariza topshirishda uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, qabul jarayonining ochiq va shaffof tashkil etilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan fuqarolarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash hamda ta’lim xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|