#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 6-Farovon saylov okrugi deputati N.Ochilova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari F.Ashirov faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida hududda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish hamda aholining madaniy hordiq chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sohada erishilgan natijalar, mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|