#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugi deputati O‘. Omonov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Suhbat davomida ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda bolalar nafaqasi va boshqa ijtimoiy yordam turlarini olayotgan fuqarolar bilan ishlash holati muhokama qilindi.
Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|