Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A. Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov hamda Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi J.To‘ynazarov tomonidan Birlashuv mahallasida fuqarodan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Payariq tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan Mustaqillik mahallasida mahalla inspektori faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan tumani tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva tomonidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida Navro‘z mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 6-Farovon saylov okrugi hududidagi Alisher Navoiy mahallasida joylashgan ko'p qavatli uylar oldidagi bolalar o‘yingohi holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6- Farovon okrug Go'zal mahallasida tuman Pensiya jamg‘armasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Payariq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan 6- Farovon okrug Mustaqillik mahallasida hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
PANDIGON MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

 PANDIGON MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, Quva tumani hokimi X.Umarov o‘zi
saylangan saylov okrugi hududidagi Pandigon mahalla fuqarolar yig‘inida tuman
Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabulini
o‘tkazdi.


Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilmani
yaxshilash, bandlikni ta’minlash, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa
dolzarb yo‘nalishlarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan
atroflicha fikr almashilib, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha
tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.


Shuningdek, qabul jarayonida aholini qiynab kelayotgan ayrim masalalar joyida
o‘rganilib, tezkor hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab
etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, ularning yechimi yuzasidan
mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
  

Slide 1 of 3