#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#24_ta_masala
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga asosan, 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan birgalikda Dehqonobod MFY hududida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida hududdagi ichimlik suvi tarmoqlarining holati, mavjud muammolar hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berilib, muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|