Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Sobir To‘xtamishovich Maxkamov tomonidan Juvozxona mahallasida o‘rganish va muloqotlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Do‘stlik mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 21-Payariq saylov okrugidan saylangan deputati N.Nurmatova tomonidan yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 11-Emalach saylov okrugi deputati A. Tavboyev tomonidan Ko'paki mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining sarflanish holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugi deputati O‘. Omonov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan mahalla raisi bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyati, erishayotgan natijalari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev, tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Xolmaxammatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan uchrashdi.
Kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan suhbat o‘tkazildi

Xalq deputatlari Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev tomonidan shaharda kambag‘allik reyestriga kiritilgan fuqarolar hamda ularning oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Mazkur jarayon fuqarolarning ijtimoiy holatini o‘rganish, ularning muammolari va ehtiyojlarini aniqlash hamda amaliy yordam choralarini belgilash maqsadida tashkil etildi.

Suhbat davomida:

➡️oilalarning yashash sharoiti va ijtimoiy ahvoli;
➡️ bandlik masalalari;
➡️ davlat tomonidan berilayotgan ijtimoiy yordamlar;
➡️ mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu ishlar aholining turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2