Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 6-Farovon saylov okrugi deputati N.Ochilova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari F.Ashirov faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova hamda Baxor mahallasi hokim yordamchisi hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyati, erishayotgan natijalari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 17-Tomoyrot saylov okrugi deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna hamda Ilg‘or mahallasi raisi ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov G‘allakor mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda aholi bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Beshqo‘rg‘on mahallasidagi 25-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Juvozxona mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Uchrashuvda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlarni turli salbiy holatlardan asrash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq 3-Paxtakor saylov okrugi Birlashuv mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishda Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi J.To‘ynazarov hamda tuman obodonlashtirish bo‘limining mas’ul xodimi ishtirok etdi.
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi

Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi raisi U. Bobojonov Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugida joylashgan 22-son Oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida poliklinikada mavjud dori vositalari zaxirasi, ularni saqlash sharoitlari hamda ehtiyojmand fuqarolarga yetkazib berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bepul dori-darmonlarni ajratish va tarqatish jarayonining amaldagi tartiblar asosida olib borilayotgani yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

U. Bobojonov tomonidan aholini sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarni doimiy nazoratda olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4