Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 7-Toshmachit saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Ochilov Oqmachit mahallasida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.