Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 28-sessiyasida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli doimiy komissiyalar tomonidan dastlabki o‘rganishlar olib borilib, doimiy komissiya raislari va a’zolarining xulosa hamda takliflari eshitildi. Sessiya davomida masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 12-Yangiobod saylov okrugi deputati Parmanova Nargiza Baxodirovna tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar Kengash sessiyasida muhokama etildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi quyidagi asosiy yo'nalishlarni o'z ichiga oladi
янв.21
Tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish, hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Z.Yusupova va S.Norboyeva hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova Payariq tumanidagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Z.Yusupova va S.Norboyeva hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Deputat mahalladagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov «Mo‘yi-muborak» mahallasiga tashrifi davomida hududda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Deputat mahalla raisi bilan birgalikda mahalla idorasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari, xodimlar uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar hamda binoning kelgusidagi faoliyati yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, mahalla markazida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, yangi qurilish obyektlari va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish va mahallaning qiyofasini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari fuqarolar uchun yanada qulay va zamonaviy muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1