Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 8-12-iyun kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiya chaqirilmoqda
янв.21
Raxmonova Xusniya Usmonovnaning deputatlik so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari Quvatov Ulug'bekdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning 90-sonli umumta’lim maktabi hamda 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib boruvchi yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Z.Yusupova va S.Norboyeva hamda tuman Kengashi deputati N.Ochilovalar tomonidan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 13-fevraldagi VII-26-25-7-0-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Payariq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan Yangiobod mahallasidagi oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan Yangiobod mahallasida joylashgan 12-son maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dehqonova Bunyodkor mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi F.Shakarov tomonidan 10-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputat "Turkiston" mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-"Yangi obod" saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig'inida saylovchilar bilan uchrashuv va fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan mahalla idorasi qurilishi va unda olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi. Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi S.Kenjayevning ish faoliyati o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 9 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit mablag‘lari ajratilgan. Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan 3 nafar fuqaroga subsidiya mablag‘lari berilib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish yakunida aholi bandligini oshirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3