Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati I. Ismatov, shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar kichik sanoat zonasida bo‘lib, tadbirkorlar uchun yaratilgan infratuzilma holatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida hududdagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda infratuzilmaning bugungi holatiga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda mavjud muammolar, faoliyatni yanada kengaytirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Shuningdek, hududni yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.