Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti yuzasidan
янв.21
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti yuzasidan
янв.21
2026-yilning I choragi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Payariq tumanida Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari yuzasidan tuman hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi J.To‘qsonboyevning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Maxkamov Sobir Tuxtamishovichning deputatlik so‘roviga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati N. Ochilova ajrimlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda ma’naviyatning o‘rniga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaat yuzasidan bir fuqaroning muammosi hal etilmayotgani, mas’ul tashkilotlar tomonidan esa aniq va asosli javob berilmagani haqida savol o‘rtaga tashlandi.
янв.21
Tuman hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi J.To‘xsonboyevning hisoboti yuzasidan
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi J.To‘xsonboyevning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida tuman Kengashi deputati S. Maxkamov tomonidan tumanda jinoyatchilik holatlari har chorakda oshib borayotgani, ayniqsa ayrim mahallalarda huquqbuzarliklarning ko‘payishi aholini tashvishga solayotgani yuzasidan savol o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, mavjud holatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning oldini olish borasida qanday amaliy choralar ko‘rilayotgani bilan qiziqildi.
Tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayevning hisoboti muhokama qilindi.

#Kengash_sessiyalariga_oid
#27_sessiya

Tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayevning hisoboti muhokama qilindi.

Axborotda keltirilishicha, joylardagi profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik tadbirlar to‘g‘ri tashkil etilmaganligi natijasida 2026-yilning 3 oyi davomida Payariq tumanida jami 163 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 61 taga yoki 167,2 foizga ko‘paygan.

Jinoyatlarning tasnifiga ko‘ra tahlil qilinganda, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 6 taga yoki 40 foizga (15 tadan 21 taga), og‘ir jinoyatlar 94 taga yoki 626 foizga (15 tadan 109 taga), o‘ta og‘ir jinoyatlar esa 4 taga yoki 200 foizga (2 tadan 6 taga) oshganligi kuzatilgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2